24 soat ichida YETKAZIB BERISH

Toshkentda yetkazib berish xizmati

Toshkentdagi Telegram bot

Samarqandda yetkazib berish xizmati

Samarqanddagi Telegram bot

Ilovamizni yuklab oling va keshbekga ega bo‘ling

Kulerni tozalash bo‘yicha yo'riqnoma

Kulerni tozalash bo'yicha xizmat

Ilova sharhi

Montella’ning 18,9 litrlik butilkalardagi suvini yanada qulay ishlatish uchun uy va ofislar uchun ajralmas qismga aylangan ixcham va qulay qurilmalarni xarid qilish imkoniyati mavjud.

POMPA qo‘lda ishlaydigan

POMPA elektron

TUMBAelektron pompa bilan

Kuler sovuq va issiq suv berish funksiyasiga ega

BEPUL YETKAZIB BERISH

24 soat ichida

Naqd va naqdsiz to‘lovlarni qabul qilamiz

Uyga

Ofisga

Ishlab chiqarishga

Kvartiraga

Omborga

Tibbiyot muassasalariga

To‘lov bo‘yicha video yo‘riqnoma

Click

Payme

Montella 18,9L — bu eng yuqori sifatga ega tabiiy ichimlik suvi.

Montella suvida kalsiy (Сa 5–25 mg/dm³), magniy (Mg 2–5 mg/dm³), gidrokarbonatlar (50–20 mg/dm³), sulfatlar (3–10 mg/dm³) va xloridlar (3–7 mg/dm³) kabi tabiiy komponentlar va minerallar mavjud bo‘lib, ular suvning ta’mini yanada boyitadi va mustahkamlaydi.

Montella suvi sifat standartlariga to‘liq javob berishi uchun qum filtrlari, ko‘mir filtrlari, 10 mikron va 5 mikronli keramik filtrlardan, osmos va Germaniyada ishlab chiqarilgan ultrafiltrlardan bosqichma-bosqich o‘tadi hamda ozonlashtiriladi. Bunday chuqur tozalash jarayoni suvning inson organizmi uchun foydali xususiyatlarini saqlab qolish imkonini beradi. Montella Respublikamizning Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega. Shuningdek, u radiologik va bakteriologik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, inson salomatligi uchun xavfsiz va foydali ekanini tasdiqlaydi.

Montella kompaniyasi 18,9 litrlik toza ichimlik suvini bepul holda uyingizgacha yetkazib beradi. Xizmat Toshkent shahri hamda Qibray, Zangiota, Keles va Chirchiq tumanlarida amal qiladi.

Montella kompaniyasi 18,9 litrlik toza ichimlik suvi uchun Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining muvofiqlik sertifikatiga ega monolit polikarbonatdan tayyorlangan kapsulalar ishlatadi.
Monolit polikarbonat — korroziyaga uchramaydigan, yuqori haroratlarga bardosh bera oladigan va tozalash vositalari ta’siriga reaksiyaga kirishmaydigan polimer materialdir. Bizning kapsulalar quyidagi noyob xususiyat va afzalliklarga ega:

1. Mustahkamlik — monolit shisha yuqori mexanik mustahkamlikka ega bo‘lib, uni shikastlanish xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda qo‘llashga mos qiladi.
2. Kimyoviy barqarorlik — monolit polikarbonat turli kimyoviy moddalarga chidamli bo‘lib, qayta-qayta yuvilganda ham tarkibiy o‘zgarishga uchramaydi.
3. Shikastlanishga chidamlilik — kapsulalarimiz kuchli zarbalarga qaramay sinmaydi, tirnalmaydi va yorilmaydi.
4. Izolyatsion xususiyatlar — polikarbonat tovush va issiqlikni yaxshi izolyatsiya qiladi.