Montella 18,9 l ichimlik suvi savdosini rag‘batlantirish aksiyasida ishtirok etish bo‘yicha
OMMAVIY OFERTA
Toshkent shahri.
2026 yil "07" may
Aksiya tashkilotchisi: ООО «Navruz International Corp»,
STIR: 204 393 073,
Manzili: 111219.Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar ShFY, ToshGRES shaharchasi
Aksiyani o‘tkazish davri: 2026 yil 7 maydan 2026 yil 7 iyulgacha (2 oy)
O‘tkazish geografiyasi: Samarqand
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur ommaviy oferta (bundan buyon — Oferta) Montella 18,9 litr hajmdagi ichimlik suvi savdosini rag‘batlantirish aksiyasida (bundan buyon — Aksiya) ishtirok etish shartlarini belgilaydi.
1.2. Mazkur Ofertaning aksepti (qabul qilinishi) Ishtirokchi tomonidan 3-bo‘limda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda Montella 18,9 l ichimlik suvining 5 ta va undan ortiq kapsulasini xarid qilish hisoblanadi, bu esa Ishtirokchining Aksiya shartlariga to‘liq va shartsiz roziligini anglatadi.
1.3. Tashkilotchi Aksiya shartlarini o‘zgartirish yoki uni muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga ega bo‘lib, bu haqda Ishtirokchilarni rasmiy aloqa kanallari orqali kamida 3 kalendar kun oldin xabardor qiladi.
1.4. Mazkur Oferta ommaviy hisoblanadi va Tashkilotchining rasmiy kanallarida (sayt, ilova, Instagram, Telegram) joylashtiriladi.
2. ISHTIROK ETISH SHARTLARI
2.1. Faqat quyidagi barcha mezonlarga javob beradigan buyurtmalar ishtirok etadi:
- Montella 18,9 l ichimlik suvi 5 ta kapsuladan (shu jumladan) kam bo‘lmagan miqdorda buyurtma qilingan;
- buyurtma to‘liq to‘langan;
- buyurtma yetkazib berilgan va Ishtirokchi tomonidan qabul qilingan;
- buyurtma qaytarilmagan (qaytarilgan yoki bekor qilingan buyurtmalar ishtirok etmaydi).
2.2. Aksiyada quyidagilar ishtirok etmaydi:
- Tashkilotchi xodimlari va ularning oila a’zolari (birinchi darajali qarindoshlar);
- 5 kapsuladan kam buyurtmalar;
- to‘lanmagan, yetkazib berilmagan yoki qaytarilgan buyurtmalar;
- mazkur Oferta shartlarini buzgan holda rasmiylashtirilgan buyurtmalar.
2.3. 5 taga teng har bir buyurtma o‘yinda ishtirok etish uchun bitta imkoniyat sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ishtirokchi bir nechta buyurtma rasmiylashtirishi va mos ravishda tegishli miqdorda imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
2.4. Mazkur Oferta shartlarini qabul qilgan holda, Ishtirokchi Aksiya qoidalari bilan tanishganini va ularga roziligini tasdiqlaydi.
3. SOVRIN JAMG‘ARMASI
3.1. Aksiyaning umumiy sovrin jamg‘armasi quyidagi sovrinlardan iborat:
| № | Sovrin nomi | Soni (dona) |
| 1 | Sovutgich LG GC-B509MLWM | 2 |
| 2 | Konditsioner LG B12TS | 2 |
| 3 | Televizor LG 43NANO81A6A Smart | 2 |
| 4 | Changyutgich LG VC83209UHAV | 2 |
| 5 | Aqlli kolonka Yandeks Stansiya Mini 3 Gray | 2 |
| 6 | Tumba | 10 |
| 7 | Kuler | 4 |
| 8 | Elektron pompa | 10 |
| 9 | Qo‘l pompasi | 10 |
| JAMI | 44 |
3.2. Sovrinlar natura shaklida taqdim etiladi va ular pul ekvivalenti yoki boshqa tovarlarga almashtirilmaydi.
3.3. Barcha sovrinlar yangi, original bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kafolatiga ega (qo‘llaniladigan hollarda).
4. YUTUQ O‘YINLARINI O‘TKAZISH FORMATI
4.1. Aksiya davomiyligi: mazkur Oferta e’lon qilingan kundan boshlab 2 oy.
4.2. Yutuq o‘yinlari soni: 2 ta (har oyda 1 marta — har Aksiya oyining oxirida).
4.3. Yutuq o‘yinlari formati:
- Montella Instagram rasmiy akkauntida jonli translyatsiya;
- g‘oliblarni randomayzer (tasodifiy sonlar generatori) orqali shaffof tanlash;
- har bir yutuq o‘yini sanasi va vaqti rasmiy kanallarda kamida 7 kalendar kun oldin e’lon qilinadi.
4.4. Sovrinlarni yutuq o‘yinlari o‘rtasida taqsimlash: tashkilotchi tomonidan belgilanadi va har bir yutuq o‘yinidan oldin e’lon qilinadi.
5. ALOQA KANALLARI
5.1. Ishtirokchilarni xabardor qilishning asosiy kanallari:
- Montella koll-markazi (buyurtma rasmiylashtirish paytida xabardor qilish);
- Montella mobil ilovasi (bannerlar, push-xabarnomalar);
- Montella Telegram-botlari;
- Montella Instagram sahifasi (postlar, stories, yutuq o‘yinlarining jonli translyatsiyalari).
5.2. Qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash:
- blogerlar bilan hamkorlik;
- Telegramdagi reklamalar (Tashkilotchi bilan kelishilgan holda).
5.3. Ishtirokchi yutuq o‘yinlari o‘tkazilishi va natijalari haqida ma’lumotlarni Tashkilotchining rasmiy kanallarida kuzatib borishi shart.
6. G‘OLIBLARNI ANIQLASH VA XABARDOR QILISH
6.1. G‘oliblar tomoshabinlar huzurida Montella Instagram sahifasidagi jonli efirda randomayzer (tasodifiy sonlar generatori) yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi. G‘oliblar buyurtma rasmiylashtirishda ko‘rsatilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efir vaqtida xabardor qilinadi. G‘olibga ismi e’lon qilingan paytdan boshlab aloqaga chiqish va ishtirokini tasdiqlash uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.
Agar g‘olib qo‘ng‘iroqqa javob bermasa yoki 5 daqiqa ichida aloqaga chiqmasa, uning sovrinni olish huquqi bekor qilinadi va Tashkilotchi ushbu sovrin bo‘yicha qolgan ishtirokchilar o‘rtasida aynan shu jonli efirning o‘zida darhol qayta yutuq o‘yinini o‘tkazadi.
6.2. G‘olib xabardor qilingan paytdan boshlab 7 kalendar kun ichida quyidagilarni taqdim etgan holda sovg‘ani olishini tasdiqlashi shart:
- FIO;
- aloqa telefon raqami;
- sovg‘ani yetkazib berish uchun manzil yoki o‘zib olib ketishga rozilik.
6.3. Agar g‘olib belgilangan muddatda sovrinni olishni tasdiqlamasa, sovrin navbat tartibida randomayzer orqali aniqlangan keyingi ishtirokchiga o‘tadi.
6.4. G‘oliblar ro‘yxati har bir yutuq o‘yinidan keyin 5 ish kuni ichida Tashkilotchining rasmiy kanallarida e’lon qilinadi.
7. SOVRINLARNI OLISH
7.1. Sovrinlar g‘oliblarga olish tasdiqlangan paytdan boshlab 14 kalendar kun ichida quyidagi usullardan biri orqali (Tashkilotchi tanloviga ko‘ra yoki g‘olib bilan kelishilgan holda) topshiriladi:
- g‘olib tomonidan ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berish (Aksiya geografiyasi doirasida)
- Tashkilotchi ofisi/omboridan o‘zib olib ketish.
7.2. Sovrinni yetkazib berish Tashkilotchi hisobidan amalga oshiriladi.
7.3. Sovg‘ani qabul qilishda g‘olib shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (pasport, ID-karta) taqdim etishi va sovg‘ani qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolashi shart.
7.4. Bir ishtirokchi butun aksiya davomida faqat bitta sovrin olishi mumkin. Agar ishtirokchi qaytadan g‘olib bo‘lsa, sovrin keyingi g‘olibga o‘tadi.
8. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
8.1. Tashkilotchi quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:
- yutuq o‘yinlarining shaffof va halol o‘tkazilishini ta’minlash;
- g‘oliblarni o‘z vaqtida xabardor qilish;
- sovrinlarni mazkur Oferta bilan belgilangan muddat va tartibda topshirish;
- Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qayta ishlash.
8.2. Ishtirokchi quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:
- ushbu Oferta shartlariga rioya qilish;
- buyurtma rasmiylashtirishda ishonchli aloqa ma’lumotlarini taqdim etish;
- belgilangan muddatda sovrinni qabul qilganini tasdiqlash;
- sovrinni olishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish.
8.3. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega:
- Ishtirokchi tomonidan Oferta shartlari buzilgan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, sovrinni berishni rad etish;
- Aksiya shartlarini, muddatlarini yoki sovrin jamg‘armasini Ishtirokchilarni kamida 3 kalendar kun oldin xabardor qilgan holda o‘zgartirish;
- Aksiyani obyektiv sabablarga ko‘ra (fors-major, qonunchilikdagi o‘zgarishlar) muddatidan oldin to‘xtatish, Ishtirokchilarni xabardor qilish va yakuniy yutuq o‘yinini o‘tkazish.
9. SHAXSIY MA’LUMOTLAR
9.1. Mazkur Oferta shartlarini qabul qilgan holda (Aksiyada ishtirok etish uchun buyurtma rasmiylashtirgan holda), Ishtirokchi quyidagi maqsadlarda shaxsiy ma’lumotlarini (FIO, telefon raqami, yetkazib berish manzili, ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunt ma’lumotlari) qayta ishlashga rozilik beradi:
- Aksiyani o‘tkazish;
- g‘oliblarni aniqlash va xabardor qilish;
- sovrinlarni topshirish.
9.2. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
9.3. Shaxsiy ma’lumotlar Ishtirokchining roziligisiz uchinchi shaxslarga berilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
9.4. Ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga bergan roziligini yozma ariza orqali Tashkilotchiga yuborib, bekor qilish huquqiga ega, bu esa uni avtomatik ravishda Aksiyada ishtirok etishdan chiqaradi.
10. JAVOBGARLIK VA CHEKLOVLAR
10.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:
- aloqa kanallari (internet, ijtimoiy tarmoqlar, telefon aloqasi, mobil ilova) ishida yuzaga keladigan texnik nosozliklar;
- Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan yoki ishonchsiz aloqa ma’lumotlari;
- Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra g‘olib bilan bog‘lana olmaslik;
- uchinchi shaxslarning (yetkazib berish xizmatlari, aloqa operatorlari, pochta xizmatlari) harakatlari yoki harakatsizligi;
- g‘olibga topshirilgandan so‘ng sotib olingan sovrinlarning ishlash sifati (kafolat majburiyatlari ishlab chiqaruvchi zimmasida bo‘
10.2. Tashkilotchi olingan sovrindan noto‘g‘ri foydalanish natijasida Ishtirokchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas.
10.3. Ishtirokchi taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va sovrinni olganligini o‘z vaqtida tasdiqlash uchun mustaqil ravishda javobgar hisoblanadi.
11. NIZOLARNI HAL QILISH
11.1. Mazkur Oferta bilan bog‘liq yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar Tashkilotchi va Ishtirokchi o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
11.2. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Tashkilotchining joylashgan manzili bo‘yicha fuqarolik yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun topshiriladi.
12. YAKUNIY QOIDALAR
12.1. Mazkur Oferta Tashkilotchining rasmiy kanallarida e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va Aksiya o‘tkazish muddati yakunlangunga hamda sovrinlarni g‘oliblarga topshirish bo‘yicha barcha majburiyatlar to‘liq bajarilgunga qadar amal qiladi.
12.2. Mazkur Ofertani aksept qilish (ishtirok etish shartlariga rioya qilgan holda Montella 18,9 l ichimlik suvining 5 dona kapsulasiga buyurtma rasmiylashtirish) Ishtirokchining Aksiya shartlariga to‘liq va shartsiz roziligini anglatadi.
12.3. Tashkilotchi mazkur Oferta shartlarini yakuniy talqin qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
12.4. Ushbu oferta rus tilida tuzilgan. Boshqa tillardagi versiyalar mavjud bo‘lgan taqdirda, kelishmovchiliklar yuzaga kelganda ustuvorlik rus tilidagi versiyaga beriladi.
13. TASHKILOTCHINING REKVIZITLARI:
- "Navruz International Corp." MChJ
- STIR 204393073
- IFUT 11070
- h/r 20214000504241561014
- O‘ZMILLIYBANK AJ BOSh OFISI
- MFO 00450
- QQS 327060007534
- Manzil: 111218, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasi, "ToshGRES" q.»
Toshkentdagi koll-markaz telefoni: +998 78 777 17 77
Samarqanddagi koll-markaz telefoni: +998 78 777 17 71
telegram bot Toshkent: @montella_daily_bot
telegram bot Samarqand: @montella_samarqand_bot
Sayt: dostavka-vody.uz